O'ziga xos yassi to‘g‘ri to'rtburchak shakli sovutish samaradorligini va oldindan qizdirish imkoniyatini oshiradi. Blade Battery mix bilan teshish sinovidan hech qanday olov yoki tutun chiqarmasdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Barcha batareya bo’laklari bitta blokda tartibli joylashtirilgan bo‘lib, har biri yuklamani bardoshli ushlab turuvchi tayanch sifatida ishlaydi. Asalari uyasi shaklidagi alyuminiy tuzilma va blokning yuqori hamda pastki qismidagi mustahkam panellar vertikal barqarorlikni sezilarli darajada oshiradi.
Blade Battery an’anaviy batareya bloklariga nisbatan 50% dan ortiq samaraliroq joylashtirish imkonini beradi. Bu esa energiya zichligini oshirib, avtomobilga uzoqroq masofa bosib o‘tish imkonini yaratadi.
Blade Battery 5000 martadan ortiq zaryadlash va foydalanish sikliga ega bo‘lib, uzoq vaqtli xizmat muddatini ta’minlaydi.
2020-yil boshida, COVID-19 pandemiyasi avj olgan paytda, BYD tezkor chora ko‘rib, dunyo bo‘yicha niqob tanqisligini kamaytirish maqsadida himoya niqoblari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. BYD tomonidan ishlab chiqarilgan niqoblar 80 dan ortiq mamlakat va hududlarga yetkazib berilgan.
BYD 3 kun ichida ishlab chiqish chizmalarini tayyorladi, 7 kun ichida niqob ishlab chiqaruvchi uskunalarni yaratdi va 10 kun ichida birinchi partiyani ishlab chiqardi. Atigi 24 kun ichida BYD kuniga 100 million dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega dunyodagi eng yirik niqob zavodini ishga tushirdi.