Koʻp beriladigan savollarga qisqacha sharh
Eslatma: Quyida foydalanuvchilarning eng koʻp beriladigan savollari keltirilgan. Cloud xizmati tizimidan foydalanish boʻyicha batafsil savollar va mahsulot haqida ma’lumot olish uchun uning foydalanuvchi qoʻllanmasiga/koʻrsatmalariga qarang.
1. BYD Cloud tizimiga hozirgilaridan tashqari yangi funksiyalar qoʻshiladimi?
Javob: BYD doimiy ravishda iste’molchilarga yanada aqlli funksiyalarni taqdim etishga intiladi. Hozirda Oʻzbekistonda faqat BYD dasturiy ta’minotidagi cloud xizmati qoʻllab-quvvatlanmoqda. BYD kelgusida OTA tarmoq yangilanishlari orqali koʻproq aqlli funksiyalarni qoʻshadi. Yangiliklarni kuzatib boring.
2. Oʻzbekistondagi avtomobil modellarida NFC qulfini ochish va masofaviy kamera funksiyasi mavjudmi?
Javob: NFC raqamli kalit funksiyasini oʻrnatish uchun tegishli uskuna ta’minoti kerak boʻladi. Hozirda Oʻzbekistondagi Han EV, Song Plus DM-i kabi avtomobil modellarida bu funksiya ishlamaydi, chunki ularda NFC qulfini ochish funksiyasi uchun zarur boʻlgan uskuna yoʻq. Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi avtomobil modellari hozirda masofaviy kamera funksiyasini ham qoʻllab-quvvatlamaydi.
3. Mashina konditsionerini masofadan turib yoki qoʻlda yoqqanda energiya sarfi xar xil boʻladimi?
Javob: avtomobil konditsionerini masofadan turib BYD APP mobil ilovasi orqali yoki avtomobil ichida qoʻlda yoqish energiya sarfi jihatidan farq qilmaydi. BYD APP mobil ilovasi mijozlarga ba’zi funksiyalarni masofadan boshqarishda yordam berishi mumkin, ammo masofadan faollashtirish qoʻshimcha quvvat sarfi yoki eskirishga olib kelmaydi.
4.BYD ilovasi foydalanuvchining telefoniga ulangan. Agar mashinaga ulangan telefon yoʻqolsa, u bogʻlangan avtomobil xavfsizligiga ta’sir qiladimi? Bunday holatlar uchun qanday ehtiyot choralari mavjud?
Javob:
(1) BYD ilovasi orqali avtomobilni boshqarish funksiyasidan foydalanish uchun siz toʻgʻri parolni kiritishingiz kerak. Shunday ekan, uchinchi shaxs avtomobil bilan bogʻlangan BYD APP dasturiga kirsa ham, parolni toʻgʻri kirita olmasa, boshqaruv funksiyalaridan foydalana olmaydi.
(2) Agar mashinaga ulangan telefon yoʻqolsa, ma’lumotlarning sizib chiqishi yoki boshqa odamlarning dasturiy ta’minotga kirishining oldini olish uchun siz quyidagi usullar bilan masofaviy Cloud xizmati funksiyasini darhol bloklashingiz mumkin:
a. Darhol boshqa telefon orqali BYD ilovasidagi akkauntingizga kiring. Bir necha marotaba kirishlar natijasida yoʻqolgan telefondagi BYD ilovasi joriy akkaunti tizimdan avtomatik ravishda chiqib ketadi.
b. Bogʻlangan avtomobil va yoʻqolgan telefon Cloud xizmati oʻrtasidagi aloqani uzish uchun mashinaga ulangan SIM-kartani darhol chiqarib oling.
Yuqoridagi amallar boʻyicha yordam kerak boʻlsa, BYD xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
5. Agar oʻrnatilgan Internet-trafik toʻplami foydalanuvchi ehtiyojlarini qondira olmasa, u oʻzi boshqa trafik sotib olishi mumkinmi? Trafik narxlari qanday belgilanadi?
Javob: Hozirgi vaqtda foydalanuvchilar oʻrnatilgan Internet-trafik toʻplamini mustaqil ravishda sotib ololmaydilar. Agar mijozning trafiki shu oyda tugab qolsa, u oʻz smartfonidagi tarmoq tarqatuvchi nuqtaga ulanishi mumkin. BYD mijozlar ehtiyojlarini yaxshi tushunadi, avtomobildagi SIM-kartada trafik tugab qolganida, qoʻshimcha trafik sotib olish va uni yangilash imkoniyati hozirda ishlab chiqilmoqda. Ular tasdiqlangandan zahoti, foydalanuvchilarni darhol xabardor qilamiz.
6. Foydalanuvchilar avtomobildagi SIM-kartani oʻzlari oʻzgartira oladimi?
Javob: avtomobildagi BYD SIM-kartasi avtomobil egasi uchun maxsus ishlab chiqilgan va egasining shaxsiy ma’lumotlarini oʻz ichiga oladi. Transport vositasidagi SIM-kartani almashtirish BYD APP, OTA va boshqa tarmoq funksiyalari kabi avtomobilga tegishli funksiyalarning ishlamay qolishiga olib keladi. Shuningdek, SIM-kartani almashtirgan mijozlarga BYD sotuvdan keyingi xizmatlarni koʻrsatmaydi.
7. Foydalanuvchi elektron pochta ma’lumotlarini kiritish uchun talablar
Javob: Foydalanuvchi kiritgan elektron pochta manzili umumiy yoki korporativ emas, shaxsiy boʻlishi kerak.
8. Tasdiqlash kodini elektron pochta orqali olmagan boʻlsam nima qilishim kerak?
Javob:
(1) Iltimos, kiritgan elektron pochta manzilingiz toʻgʻri ekanligini tekshiring. Agar elektron pochta manzili toʻgʻri kiritilgan boʻlsa, lekin avtomobilga ulana olmasa, uni tekshirib koʻrish uchun BYD rasmiy dileriga murojaat qiling.
(2) Agar siz ekranda kod yuborilganligi haqida xabarni koʻrsangiz, lekin elektron pochta kodini pochta qutingizdan topa olmasangiz, spam qutisini tekshirib koʻring.
9. Agar mashinadagi planshetda 4G tarmogʻi normal koʻrinib turgan boʻlsada, lekin trafik koʻrsatkichi (2 GB) koʻrsatilmasa, nima qilishim kerak?
Javob: Agar bunday vaziyat yuzaga kelsa, quyidagi usullarni sinab koʻring:
(1) avtomobil va Cloud xizmati tizimini qayta ishga tushiring, soʻngra trafik koʻrsatkichi bor yoʻqligini tekshiring.
(2) BYD xodimidan avtomobilingiz roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligini aniqlab oling. Agar roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli amalga oshgan boʻlsa, VN kodi va elektron pochta manzili toʻgʻri kiritilganiga ishonch hosil qiling; VN kodi yoki elektron pochta manzili notoʻgʻri boʻlsa, avtomobil tarmoqqa ulana olmaydi.
(3) Yuqoridagi barcha usullarni sinab koʻrganingizda ham muammo hal etilmasa, SIM-kartani almashtirish haqida oʻylab koʻring va BYD xodimlaridan foydalanuvchi ma’lumotlarini yangilab berishini soʻrang.
10. “Qora” bozor orqali kirib kelgan transport vositalari oʻz avtomobil tizimini bepul yoki qoʻshimcha haq evaziga yangilab olishi mumkinmi?
Javob: Oʻzbekistonga eksport qilish uchun moʻljallangan oʻzbekcha rusumdagi avtomobillar va “qora” bozor orqali import qilingan xitoycha avtomobillar turli tizimlarga ega boʻlgani uchun, texnik sabablarga koʻra, ularning avtomobil tizimini yangilashning imkoni yo‘q.