O'ZBEK TILIDAGI 4G BULUTLI XIZMATINING BIRINCHI AXBOROT-KO'NGILOCHAR FUNKSIYASI

O`zbekistondagi rasmiy dilerlari tomonidan taqdim etilayotgan BYD avtomobillari uchun axborot-ko`ngilochar tizimi jahon avtomobilsozlik sanoatida tarixan birinchi boʻlib o`zbek tilini qoʻllab-quvvatladi.

Konditsionerni yoqishni masofadan boshqarish

Avtomobil qulfini masofadan boshqarish

Avtomobil holatini tekshirish

BYD rasmiy avtomobiliSo`ngi yangilanishlar va 4G ilovasi va bulut xizmati o`rnatilgandan so`ng O`zbekistodagi rasmiy dilerlik do`konlaridan xarid qilingan barcha BYD avtomobillari aqlli ulanish imkoniyatlari bilan jihozlanmoqda, bu esa foydalanuvchilarga o`z avtomobillarini smartfonlar orqali osongina boshqarish va avtomobil ichida ko`ngilochar ilovalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

• masofaviy cheklovlarsiz yoki qo‘shimcha uskunalardan foydalanish zaruratisiz mobil ilova orqali real vaqt rejimida avtomobil holatini kuzatish va masofadan boshqarish.

• Qoldiq yurish zaxirasi, akkumulyator quvvati, shinalardagi bosim, eshik va derazalar holatini (avtomobil imkoniyatlariga qarab) tekshirish.

• Masofadan boshqarishni yoqish, masalan, konditsioner, ventilyatsiya va o`rindiqni isitish, oynani sozlash, qulflash/qulfni ochish va h.k. (avtomobil imkoniyatlariga qarab).

• Xavfsizligi ta`mingan maxsus tarmoq (umumiy tarmoq emas) orqali avtomobil va serverlar o`rtasida ma`lumotlarni xavfsiz uzatish.

• Ruxsatsiz kirishni oldini olish uchun ilovada yuqori darajadagi shifrlash.

• Ilovaning bulut bilan o`zaro axborot almashinuvi vaqtida xavfsiz HTTPS/TLS aloqasi.

• Ilovaning o'zbek, rus va ingliz tillarini qo'llab-quvvatlashi.

• Simsiz telekommunikativ ulanish orqali dasturiy ta`minotni masofadan yangilash uchun Over-the-Air (OTA) texnologiyasi.

Interfeys yangilanishi xavfsizlik tizimlar ogohlantirishlari kabi o`zbek tilidagi ovozli eslatmalarni taqdim etadi hamda ingliz va rus tillaridagi interfeyslarni to‘liq talqin qiladi.



O‘zbekistondagi rasmiy dilerlik markazlaridan BYD avtomobillarini xarid qilgan iste`molchilar avtoulov tizimlarini yangilash uchun BYD dilerlik markazlariga oldindan uchrashuvni tayinlab kelishlari mumkin.


Bulutli xizmat haqida eng ko`p beriladigan TOP 4 ta savollarga javoblar:

Savol: O`zbekistonga olib kirilayotgan BYD avtomobillari bir vaqtning o`zida bepul yangilanishlarni olishi mumkinmi yoki bunga qo`shimcha to`lov qilish kerakmi?

Javob: Texnik sabablarga ko`ra yangilanishlar qo`llab-quvvatlanmaydi, chunki O`zbekistonga eksport qilinadigan avtomobillar uchun apparat tizimlari va yashirin import qilingan avtomobillarning xitoycha versiyalarida farqlar mavjud.


Savol: Agar trafik paketim tugagan bo'lsa nima qilishim kerak va qo`shimcha trafikni qanday sotib olishim mumkin? Qanday shartlar mavjud?

Javob: Hozirgi kunda ma`lumotlar paketini xarid qilish va uzaytirish tafsilotlari ishlab chiqilmoqda va hozircha qo`llab-quvvatlanmaydi. Qaror qabul qilingandan so'ng BYD o`z mijozlarga xabar beradi. Agar bu oyda trafik tugab qolsa, internetga kirish uchun mobil tarmog`ingiz hotspotiga ulanishingiz mumkin.


Savol: Hozirda mavjud bo`lgan barcha funksiyalar namoyish etilmoqdami yoki kelajakda yangi funksiyalar paydo bo`ladimi?

Javob: BYD doimiy ravishda iste`molchilarga ko'proq va ko'proq aqlli funksiyalarni taqdim etishga intiladi. BYD bulut xizmati funksiyalari faqat BYD tizimi tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Kelajakda OTA tarmoq yangilanishlari orqali ko`proq aqlli funksiyalarni qo'shamiz.


Savol: Mijozlar SIM kartani o'zlari mustaqil almashtira oladimi?

Javob: BYD avtomobil SIM-kartasi aloqa operatorlari bilan birgalikda BYD avtomobil egalari uchun maxsus ishlab chiqilgan. SIM kartani almashtirish BYD ilovasi, OTA va boshqa tarmoq funksiyalaridan foydalana olmaslikka olib keladi. Bundan tashqari, BYD SIM-kartalarni o`zlari mustaqil almashtirgan mijozlarga sotishdan keyingi kafolat xizmatini taqdim etmaydi.

Oldindan buyurtma

Dilerlar

Test-drayv

Oldindan buyurtma
Dilerlar
Test-drayv
Model qator
Ti 7 AWD 5 Seat Luxe
513 500 000 so'm
YUAN UP DM-i
266 700 000 so'm
SONG PLUS DM-i UzPride
374 100 000 so'm
SEAL 6
364 400 000 so'm
SEALION 7
451 100 000 so'm
YUAN UP
266 700 000 so'm
SEAGULL
208 300 000 so'm
e2
236 600 000 so'm
BYD CHAZOR UzPride
255 900 000 so'm
ATTO 8
529 800 000 so'm