Elektromobillarda ko’rsatilgan rasmiy yurish masofasi qanday o’lchanadi?

Elektr transport vositalariga qiziqish ortib borayotgan hozirgi kunda, ko‘plab haydovchilar bunday avto ulovlarning rasmiy yurish masofasi ko‘rsatkichlari real hayotda qanday aks etishini bilishni istaydilar. BYD Central Asia o’z mijozlariga yangi energiya avtomobillari haqida doim aniq va tushunarli ma’lumot berib kelishga intiladi. Yangi energiya avtomobillari haqida to’liqroq bilimlarga ega bo’lish orqali ularning yurish masofasi bo‘yicha aniqroq tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Dunyoda barcha turdagi elektr avtomobillarining, shu jumladan BYD modellarining rasmiy tarzda ko’rsatiladigan yurish masofasi xalqaro miqyosda tan olingan test standartlari asosida aniqlanadi. Ushbu sinovlar nazorat ostidagi sharoitlarda o‘tkazilib, iste’molchilarga turli modellarning texnik imkoniyatlarini bir xil mezon asosida solishtirish imkonini beradi. Ammo real hayotda yurish masofasi haydash uslubi, yo‘l sharoiti va ob-havo kabi tashqi omillarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin.

Elektromobillarda ko’rsatilgan rasmiy yurish masofasi qanday o’lchanadi?

Har qanday elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi singari, BYD ham o‘z transport vositalarining yurish masofasini xalqaro darajada qabul qilingan test sinovlari orqali aniqlaydi. Jumladan:

  • China Light-Duty Vehicle Test Cycle (CLTC) – Xitoyning yengil avtomobillar uchun test sikli
  • New European Driving Cycle (NEDC) – Yevropa avtomobil boshqarish yangi sikli

CLTC – bu Xitoyda barcha turdagi avtomobillar yurish masofasi va energiya sarfini baholash uchun qabul qilingan, hukumat tomonidan tasdiqlangan standart. U shahar va magistral yo‘llarda harakatlanishni hisobga olib, real hayotda foydalanishga yaqin natijalarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Ushbu test tizimlari mijozlarga turli elektromobillar modellarini bir xil o’lchovlar asosida taqqoslash imkonini beradi. Biroq, sinov natijalari laboratoriya sharoitida – doimiy bir xil harorat va tekis harakatlanish sharoitida olingan bo‘lib, real yo‘l sharoitlariga to‘liq mos kelmasligi mumkin.

Shuning uchun, rasmiy test natijalari asosiy ko‘rsatkich sifatida qaralsa-da, lekin ular haqiqiy yurish masofasini kafolatlamaydi. Barcha elektr transport vositalarining yurish masofasi haydash uslubi va foydalanish sharoitiga qarab farq qilishi mumkin.

Real hayotda yurish masofasi qanday farq qilishi mumkin?

Elektr avtomobilining kundalik hayotda yurish masofasiga turli omillar ta’sir qiladi, jumladan:

  1. Haydash tezligi va tezlanish
    • Yuqori tezlik, ayniqsa, magistral yo‘llarda, aerodinamik qarshilikni oshirib, energiya sarfini ko‘paytiradi.
    • Tejamkor yurish uchun sekin-asta tezlanish va barqaror tezlikni saqlash tavsiya etiladi.
  2. Ob-havo va harorat
    • Sovuq havo batareyaning samaradorligini vaqtincha pasaytirishi mumkin.
    • Juda issiq ob-havo harorati ham, ayniqsa konditsioner ishlatilganda, energiya sarfini oshiradi.
  3. Konditsioner va qo‘shimcha jihozlar
    • Isitish, sovutish va multimedia tizimlari qo‘shimcha energiya talab qiladi.
    • Elektromobilni safardan oldin quvvat manbaiga ulangan holda isitish yoki sovutish energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi.
  4. Yo‘l relyefi va yuk
    • Tog‘li yoki notekis yo‘llarda harakatlanish qo‘shimcha quvvat talab qiladi.
    • Yuk (yo‘lovchilar, bagaj yoki yuk tashish) elektromobilning yurish masofasini kamaytirishi mumkin.

BYD elektromobillaridagi CLTC bo‘yicha baholangan yurish masofasi, bu Xitoyning rasmiy test standartlariga asoslangan taxminiy ko‘rsatkichdir. Lekin, haqiqiy yurish masofasi haydash sharoitlari – tezlik, yo‘l sifati, ob-havo va konditsioner kabi omillarga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.

BYD O‘zbekistonda ishonchli va samarali elektr transport yechimlarini taklif qilishda davom etadi. Agar siz avtomobilingizning yurish masofasi yoki umumiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot olishni istasangiz, BYD rasmiy xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishingiz mumkin:

  • Batareya diagnostikasi va samaradorlik tekshiruvi
  • Yurish masofasini oshirish uchun shaxsiy haydash tavsiyalari
Oldindan buyurtma

Dilerlar

Test-drayv

Oldindan buyurtma
Dilerlar
Test-drayv
Model qator
Ti 7 AWD 5 Seat Luxe
513 500 000 so'm
YUAN UP DM-i
266 700 000 so'm
SONG PLUS DM-i UzPride
374 100 000 so'm
SEAL 6
364 400 000 so'm
SEALION 7
451 100 000 so'm
YUAN UP
266 700 000 so'm
SEAGULL
208 300 000 so'm
e2
236 600 000 so'm
BYD CHAZOR UzPride
255 900 000 so'm
ATTO 8
529 800 000 so'm