BYD kompaniyasi O‘zbekiston bozori uchun yangilangan BYD SONG PLUS DM-i UzPride 2026 modelini taqdim etadi. Yurtimizdagi eng ommabop gibrid krossoverning ushbu yangi talqini avtomobilni yanada zamonaviy, qulay va kundalik foydalanish uchun funksional qiladigan qator texnologik yangilanishlarga ega bo‘ldi.
Yangilangan BYD SONG PLUS DM-i 2026 quyidagi yangiliklar bilan taqdim etiladi:
Tashqi ko‘rinish:
- Yangi yoritiluvchi BYD orqa logotipi;
- Qayta ishlangan 19 dyuymli g‘ildirak disklari;
- Modelning O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilishini ifodalovchi eksklyuziv UzPride emblemasi.

Salon va texnologiyalar:
- To‘liq qora interyer;
- Yangilangan multimedia tizimi interfeysi;
- Sovutish funksiyasiga ega 50 Vt simsiz quvvatlash;
- NFC Key va Bluetooth Key funksiyalari;
- Oyna tozalagichlarining tayanch qismini isitish tizimi;
- Rul isitish tizimi;
- Avtomatik yomg‘ir sensori.

Maxsus moliyaviy taklif:
BYD SONG PLUS DM-i UzPride 110KM Flagship va 150KM Flagship modellari endi maxsus moliyalashtirish dasturlari bilan taqdim etiladi. Xaridorlar avtomobilni 25% dan boshlanuvchi boshlang‘ich to‘lov hamda boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab 30 oygacha amal qiluvchi 0% moliyalashtirish imkoniyati bilan xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, OFB Bank va Ipoteka Bank OTP Group hamkorligida 60 oygacha bo‘lgan qulay moliyalashtirish dasturlari ham taklif etiladi.

Boshlang‘ich to‘lov, to‘lov muddati va moliyalashtirish shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun o‘zingizga eng yaqin BYD rasmiy dilerlik markaziga tashrif buyuring yoki quyidagi ariza shaklini to‘ldiring. Mutaxassislarimiz qisqa vaqt ichida siz bilan bog‘lanishadi.
«BYD Central Asia» aksiya shartlarini tushuntirish va ularga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Mazkur moliyalashtirish taklifi BYD SONG PLUS DM-i UzPride 110KM Flagship va 150KM Flagship modellari uchun amal qiladi.
Ma’lumot olish va ariza qoldirish