BYD e-Mobility Festa 2025

1 Dekabr 2025

Chipta band qilish


BYD BRENDINING MASHHUR MODELLARI KO'RGAZMASI


BYD kompaniyasi barcha avtomobil ixlosmandlarini 12–15 dekabr kunlari “Alpomish” muz maydonida bo‘lib o‘tadigan “BYD e-Mobility Festa 2025” festivaliga taklif etadi. Ushbu to‘rt kun davomida mehmonlarni BYD’ning eng yangi avtomobil modellari ko‘rgazmasi, mashhur san’atkorlarning sahna chiqishlari, interaktiv o‘yinlar, viktorinalar, yutuqli o'yinlar va ko‘plab qiziqarli sovg‘alar kutadi.

Festivalning eng kutilgan qismlaridan biri — BYD’ning yangi avlod avtomobillarining maxsus ko‘rgazmasi. Mehmonlar Denza B5, Denza B8, DENZA N9, BYD M9 va global model qatoriga kiruvchi boshqa modellari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Shuningdek, festival doirasida O‘zbekistonda ilk bor yangi BYD ATTO 8 modeli rasman taqdim etiladi.


YUTUQLI O'YIN

​

1–15 dekabr kunlari BYD avtomobili xarid qilgan mijozlar orasida 15 ta iPhone 17 Pro Max va maxsus BYD sovg‘alari qo‘yilgan yutuqli o'yin bo‘lib o‘tadi.

Qoidalar:

  • 1–12 dekabr kunlari rasmiy BYD dilerlaridan avtomobil xarid qilgan mijozlar 12 ta iPhone 17 Pro Max'dan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
  • Ushbu 12 nafar g‘olib 12 dekabr kuni soat 20:00 da festivalning asosiy sahnasida aniqlanadi va @bydauto.uz Instagram sahifasida jonli efirda namoyish qilinadi.
  • Qolgan 3 ta iPhone 17 Pro Max 15-dekabr kuni festival kunlari avtomobil xarid qilgan mijozlar o‘rtasida o'ynaladi. Ushbu g'oliblarni aniqlash jarayoni ham @bydauto.uz Instagram sahifasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ishtirok etish uchun xaridor 1–15 dekabr oralig‘ida rasmiy BYD dilerida avtomobil uchun shartnoma va to‘lovni amalga oshirishi kerak. Rasmiy diler tomonidan tasdiqlash kartasi to‘ldiriladi va lototron qutisiga tashlanadi.

Mazkur yutuqli o'yin haqidagi barcha ma’lumotlar ushbu sahifaning pastki qismidagi havolada keltirilgan.


"E-MOBILITY FESTA 2025" DOIRASIDAGI MAXSUS TAKLIFLAR

Festival davomida (12–15 dekabr) mehmonlar BYD'ning maxsus qishki takliflaridan foydalanishlari mumkin. Ayrim modellarni 17 million so‘mgacha foyda bilan xarid qilish imkoniyati mavjud. Aksiya BYD Chazor va Song Pro DM-i Flagship modellari uchun taklif etiladi.

BYD maxsus narxlar (So'm):

Model
Maxsus narx
BYD CHAZOR 55KM Active
259 400 000
BYD CHAZOR 55KM Luxe
272 900 000
BYD CHAZOR 120KM Comfort
286 300 000
BYD CHAZOR 120KM Flagship
298 000 000
Song Pro DM-i 71KM Flagship
317 200 000



Festival biletingizni hoziroq showgo.uz orqali band qiling va “BYD e-Mobility Festa 2025”ning yorqin lahzalaridan bahramand bo‘ling.

Chipta band qilish



Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Aloqa markazi: 1811
Instagram: @bydauto.uz

“iPhone 17 Pro Max” yutuqli o'yini shartlari va qoidalari!

Ulashish

Boshqa yangiliklar

Oldindan buyurtma

Dilerlar

Test-drayv

Oldindan buyurtma
Dilerlar
Test-drayv
Model qator
Ti 7 AWD 5 Seat Luxe
513 500 000 so'm
YUAN UP DM-i
266 700 000 so'm
SONG PLUS DM-i UzPride
374 100 000 so'm
SEAL 6
364 400 000 so'm
SEALION 7
451 100 000 so'm
YUAN UP
266 700 000 so'm
SEAGULL
208 300 000 so'm
e2
236 600 000 so'm
BYD CHAZOR UzPride
255 900 000 so'm
ATTO 8
529 800 000 so'm