BYD kompaniyasi barcha avtomobil ixlosmandlarini 1–4 oktabr kunlari Tashkent City hududida, Holiday Inn va «Xalqlar do‘stligi» metro bekati yonidagi maydonda bo‘lib o‘tadigan «BYD e-Mobility Festa 2026» festivalining 3-mavsumiga taklif etadi.
To‘rt kun davomida sizni BYD’ning 2 ta yangi modeli taqdimoti, innovatsion texnologiyalar namoyishi, interaktiv o‘yinlar, viktorinalar, sovrinli tanlovlar, mashhur san’atkorlarning chiqishlari va BYD’dan maxsus takliflar kutadi.
Yangi avtomobillar premyerasi
Avtomobillar ekspozitsiyasining markazida O‘zbekiston bozorida rasman taqdim etilishi kutilayotgan ikkita yangi model — BYD SEALION 6 va BYD Ti7 turadi. Ular 1-oktabr kuni rasmiy taqdimot doirasida namoyish etiladi va tashrif buyuruvchilar ushbu modellar bilan birinchilardan bo‘lib tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazmada SONG PLUS DM-i UzPride, CHAZOR UzPride, YUAN UP EV, YUAN UP DM-i, SEAL 6, SEALION 7 va ATTO 8 kabi modellar ham namoyish etiladi. Bunday keng model qatori mehmonlarga turli avtomobillarni bir makonda taqqoslash, o‘z ehtiyojlariga mos modelni tanlash va BYD’ning maxsus takliflari bilan tanishish imkonini beradi.

YANGWANG U9 va jahon rekordi ko‘rsatkichlari
Festivalning asosiy texnologik yangiliklaridan biri — BYD kompaniyasi tomonidan yaratilgan YANGWANG U9 superkarining O‘zbekistondagi ilk namoyishi bo‘ladi. Taxminan 1,300 ot kuchiga ega elektr superkar 0 dan 100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada erishadi. To‘rtta mustaqil boshqariladigan elektromotorga ega e4 platformasi va DiSus-X osma tizimi avtomobilning harakat vaqtida aniq boshqarilishini ta’minlaydi.
Shu platforma asosida maxsus yaratilgan, quvvati 3 000 ot kuchidan ortiq YANGWANG U9 Xtreme versiyasi 2025-yil 14-sentabr kuni Germaniyadagi Papenburg sinov trassasida 496,22 km/soat tezlikka erishib, seriyali avtomobillar orasida jahon tezlik rekordini o‘rnatdi.

DENZA Dynamic Zone va off-road texnologiyalari
Alohida DENZA Dynamic Zone hududi DENZA B5 va B8 avtomobillariga bag‘ishlanadi. Bu yerda premium qulaylik murakkab relyef sharoitlari uchun ishlab chiqilgan texnologiyalari namoyish etiladi. B5 modeli misolida tashrif buyuruvchilar DMO (Dual Mode Off-road) platformasi, uchta differensial blokirovkasi va kuzovni boshqaruvchi DiSus-P aqlli gidravlik tizimi bilan tanishadilar. Ushbu tizim g‘ildiraklar balandligi va osma tizimining qattiqligini millisekundlar ichida sozlaydi.
Dinamik namoyish uchun metall rampaga ega modulli off-road trassasi quriladi. Tik ko‘tarilish va tushish, yonbag‘ir hamda diagonal osilish uchastkasi avtomobil tortish kuchini qanday taqsimlashi, g‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqasini saqlashi va kuzov holatini boshqarishini real vaqt rejimida ko‘rish imkonini beradi. Namoyishlar professional instruktorlar boshqaruvida xavfsiz formatda o‘tkaziladi.
Festivalda avtomobil xaridi
Festival davomida BYD’ning O‘zbekistondagi rasmiy dilerlari ASTANA MOTORS, ABOZOR, VORIS MOTORS, BENI MOTORS, MEGAWATT va ROYAL MOTORS hamda bank hamkorlari o‘z stendlari bilan ishtirok etadi. Tashrif buyuruvchilar avtomobillar bilan yaqindan tanishish, modellarni taqqoslash, maxsus moliyaviy takliflarni o‘rganish va o‘zlari yoqtirgan BYD avtomobilini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bank hamkorlari Orient Finans Bank (OFB), Biznesni rivojlantirish banki (BRB) va Ipoteka Bank OTP Group tomonidan maxsus moliyaviy takliflar taqdim etiladi. Ushbu takliflar BYD’ning barcha rasmiy dilerlarida amal qiladi.
Festival yo‘nalishi
Zonalar | Mehmonlar uchun maxsus zonalar |
| Reception Desk | Ro‘yxatdan o‘tish, Dream Passport olish va festival faolliklarida qatnashish uchun maxsus raqamni qabul qilish. |
| Dream Wall | Interaktiv orzular zonasi: o‘z orzusini yozib qoldirish, rasm chizish va birinchi muhrni olish imkoniyati. |
| Energy Field | Mehmonlarni Blade Battery texnologiyasining imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi chidamlilik chellenji. |
| Football Challenge Area & PUBG | PUBG va futbol chellenjidan iborat o‘yin hamda sport faoliyatlari, V2L va e-Platform 3.0 texnologiyalari bilan tanishuv. |
| BYD Knowledge Area | DM-i texnologiyasi va BYD yechimlari bilan tanishtiruvchi interaktiv topshiriqlar va savollar. |
| ElectriCare | BYD servisi, kafolati va avtomobildan foydalanish hamda unga egalik qilishning asosiy jihatlari bilan tanishuv. |
| DENZA Dynamic Area | DENZA B5 va B8, DMO texnologiyasi hamda avtomobillarning off-road trassasidagi imkoniyatlari bilan dinamik tanishuv. |
| JV Booth | Jizzax viloyatidagi BYD Uzbekistan Factory va avtomobillarni mahalliy ishlab chiqarish bilan tanishuv. |
| Dealer Area | Dilerlar va BYD modellari bilan tanishing, avtomobil tanlang, kelajakdagi test-drayvga yoziling va yutuqli o‘yinda qatnashish uchun DREAM PASS oling. |
| BYD Fan Club & Gift Area | BYD egalari hamjamiyati bilan tanishish, yakuniy muhr va maxsus sovg‘ani olish hamda asosiy sahnadagi yutuqli o‘yinda qatnashish. |

Asosiy sahna va shou dasturi
Main Stage festivalning sahnadagi premyeralari va kechki dasturining markaziga aylanadi. Bu yerda avtomobillarning multimedia taqdimotlari, texnologik shoular, tanlovlar va o‘zbek estradasining taniqli yulduzlari chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
1-oktabr kuni soat 19:00 da BYD SEALION 6 va BYD Ti7 modellarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 2–4 oktabr kunlari festival hududi soat 10:00 dan barcha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Kirish bepul!
BYD e-Mobility Festa Special Offer 2026.
BYD CHAZOR UzPride va BYD YUAN UP DM-i uchun 1-oktabrdan maxsus moliyaviy shartlar taqdim etiladi.
2026-yil 1-4-oktabr kunlari Tashkent City Park’da BYD e-Mobility Festa 2026 festivalining uchinchi mavsumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir BYD’ning yangi energiya avtomobillari, texnologik namoyishlari, model ekspozitsiyalari, interaktiv zonalari va test-drayv imkoniyatlarini bir maydonda birlashtiradi.
Festival mehmonlarga zamonaviy elektr va plug-in gibrid texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, avtomobillarni taqqoslash, mutaxassislardan maslahat olish hamda xarid bo‘yicha keyingi amaliy qadamlarni tadbir joyining o‘zida rejalashtirish imkonini beradi.
Maxsus moliyaviy taklif
BYD e-Mobility Festa Special Offer doirasida 1-oktabrdan boshlab BYD CHAZOR UzPride va BYD YUAN UP DM-i modellari uchun maxsus moliyalashtirish shartlari amal qiladi. Taklif mijozlarga boshlang‘ich to‘lov miqdori va kredit muddatini o‘z xarid rejalariga mos tanlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich to‘lov miqdori 25% dan 60% gacha, moliyalashtirish muddati esa 12 oydan 60 oygacha etib belgilangan. 12 va 18 oy muddatlarda har qanday boshlang‘ich to‘lov bilan 0,0% ustama asosida bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Shuningdek, 40% boshlang‘ich to‘lov bilan 24 oyga, 50% boshlang‘ich to‘lov bilan 30 oyga hamda 60% boshlang‘ich to‘lov bilan 36 oygacha 0,0% ustama asosida bo‘lib to‘lash shartlaridan foydalanish mumkin.
| Dastlabki to'lov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 48 oy | 60 oy |
| 25% | 0,0% | 0,0% | 4,8% | 7,8% | 8,8% | 9,9% | 11,0% |
| 30% | 0,0% | 0,0% | 4,0% | 7,0% | 8,0% | 8,9% | 10,0% |
| 40% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 5,0% | 6,0% | 7,9% | 9,0% |
| 50% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 2,0% | 5,0% | 6,0% |
| 60% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 1,0% | 3,0% |
Eslatma: yakuniy shartlar hamkor banklarning kredit siyosati, arizani individual ko'rib chiqish natijasi va avtomobil mavjudligiga muvofiq tasdiqlanadi.
Hamkor banklar va rasmiylashtirish
Maxsus moliyaviy taklif Orient Finans Bank (OFB), Biznesni Rivojlantirish Banki (BRB), Ipoteka bank OTP Group va InfinBANK bilan hamkorlikda taqdim etiladi. Festival hududida dilerlik tarmog'i va moliyaviy hamkorlar vakillari mijozlarga model, komplektatsiya, boshlang'ich to'lov, muddat va ariza topshirish jarayoni bo'yicha maslahat beradi.
Taklif BYD'ning barcha rasmiy dilerlarida amal qiladi. Mijozlar festival davomida avtomobil bilan tanishish, test-drayvga yozilish va tanlangan model bo'yicha moliyalashtirish variantini aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Festival haqida
BYD e-Mobility Festa 2026 festivalida BYD SEALION 6 EV va BYD Ti 7 modellarining O'zbekiston bozoridagi dastlabki namoyishi, YANGWANG U9 elektr superkari, DENZA B5 va B8 yo'ltanlamaslari, shuningdek, BYD'ning tanilgan va kutilayotgan modellari taqdim etiladi. Tadbir formatida avtomobil ekspozitsiyasi, texnologik zonalar, interaktiv maydonlar va kechki sahna dasturlari jamlangan.
Festivalning uchinchi mavsumi BYD'ning O'zbekistondagi yangi mobillik ekotizimini keng auditoriyaga yaqinlashtirishga qaratilgan. Bu format mehmonlarga texnologiyani ko'rish, avtomobilni his qilish va xarid jarayonini tushunarli moliyaviy yechimlar bilan davom ettirish imkonini beradi.
Aloqa ma'lumotlari