VILLEXPO – BYD’ning mobil ko’rgazmasi O’zbekiston bo’ylab safarda

10 Sentabr 2025

VILLEXPO — bu BYD brendining O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat qiluvchi, zamonaviy formatdagi mobil ko‘rgazmasi.

Ushbu loyihaning dastlabki bosqichida, maxsus jihozlangan mobil shourum va ochiq maydonchada tashkil etiladigan tadbirlar Samarqand, Navoiy, Buxoro va Urganch shaharlari aholisi hamda mehmonlariga BYD brendining zamonaviy elektromobillari, ilg‘or texnologiyalari, jonli va interaktiv sahna dasturlarini bir joyda jamlagan holda taqdim etadi.

VILLEXPO’da sizni nimalar kutadi?

• Sahna dasturlari va tanlovlar
DJ shou, raqs chiqishlari; BYD viktorinasi va kun davomida sovrinli o’yinlar.

• Superkar shoulari
Yangwang U8 va BAO 5’ning 360° burilish, relslarda ko‘tarilish kabi imkoniyatlari jonli namoyish etiladi.

• BYD’ning rasmiy sotuvdagi barcha modellari bilan tanishuv
Avtomobillarga kirib ko‘rish, suratga tushish, “test-drive”da qatnashish va BYD mutaxassislaridan batafsil ma’lumot olish.

• Texnologiya zonalari
Blade Battery, e-Platform 3.0, DM-i gibrid tizimi, Aqlli boshqaruv tizimlari va bulutli xizmatlar ishlash tamoyillarini amalda ko‘rish.

• Mobil Expo
BYD tarixi, faoliyati bilan yaqindan tanishish va O’zbekistondagi BYD zavodi haqidagi qisqa hujjatli film namoyishi.

Maxsus takliflar va sovg‘alar

• VILLEXPO esdalik sovg‘alari
Tadbir davomida bir nechta marotaba o‘tkaziladigan o’yinlar va tanlovlar orqali topshiriladi.

• Xaridorlar uchun bonuslar
Ko‘rgazma kunlarida rasmiy BYD dilerlariga tashrif buyurgan mehmonlar turli sovg‘alarni qo‘lga kiritadi.

Yana bir yangilik: Yangi BYD UzPride taqdimoti

BYD, shuningdek, SONG PLUS DM-i UzPride modelini namoyish qilmoqda — o‘zbek tilidagi to‘liq integratsiyalashgan intellektual ovozli yordamchi va multimedia tizimiga ega dunyodagi birinchi avtomobil.

Quyidagilarni taqdim etadi:

• Avtomobilning asosiy funksiyalari va infotainment (multimedia) tizimida o‘zbek tilidagi tabiiy ovozli boshqaruv
• Qurilma ichida (offline) ishlash — tarmoqqa ulanmasdan ovozli yordamchidan foydalanish imkoniyati
• To‘liq tizim integratsiyasi — avtomobil ichida tezkor javoblar va uzluksiz foydalanuvchi tajribasi

Tashrif buyuruvchilar VILLEXPO’da SONG PLUS DM-i UzPride’ni sinab ko‘rishlari va o‘zbek tilidagi ovozli boshqaruv avtomobil boshqarish tajribasini qanday yaxshilashini amalda ko’rishlari mumkin bo’ladi.

Qachon va qayerda?

VILLEXPO dastlab O‘zbekistonning to‘rtta yirik shahrida o‘tkaziladi:

• Samarqand: 12–14 sentyabr
• Navoiy: 19–21 sentyabr
• Buxoro: 26–28 sentyabr
• Urganch: 3–5 oktyabr

Har bir shaharda tadbirlarning aniq manzili va kunlik dasturi bo‘yicha ma’lumotlar BYD Central Asia’ning rasmiy kanallarida e’lon qilinadi.

BYD haqida

BYD kompaniyasi 1994 yil noyabr oyida tashkil etilgan bo'lib, texnologik innovatsiyalar orqali hayot sifatini yaxshilashga bag'ishlangan yuqori texnologiyali, xalqaro kompaniya hisoblanadi.

30 yillik rivojlanishdan so'ng, kompaniya 20 nafar xodimdan 1,000,000 kishigacha, 30 dan ortiq sanoat parklari ҳамда dunyo bo'ylab 40 dan ortiq filiallarga кенгайди.

BYD’ning yangi energiya transport vositalari bugungi kunda 6 qit’adagi 100 dan ortiq mamlakat va mintaqada, 400 dan ziyod shaharlarda faol foydalanilmoqda.

Qo’shimcha ma’lumotlar:

• Rasmiy ishonch telefoni: 1811
• Instagram: @bydauto.uz
• Facebook: @bydauto.uz
• Telegram: https://t.me/bydautouz

Ulashish

Boshqa yangiliklar

Oldindan buyurtma

Dilerlar

Test-drayv

Oldindan buyurtma
Dilerlar
Test-drayv
Model qator
Ti 7 AWD 5 Seat Luxe
513 500 000 so'm
YUAN UP DM-i
266 700 000 so'm
SONG PLUS DM-i UzPride
374 100 000 so'm
SEAL 6
364 400 000 so'm
SEALION 7
451 100 000 so'm
YUAN UP
266 700 000 so'm
SEAGULL
208 300 000 so'm
e2
236 600 000 so'm
BYD CHAZOR UzPride
255 900 000 so'm
ATTO 8
529 800 000 so'm