Yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar va barqaror transport yechimlaribo‘yicha dunyo yetakchisi bo‘lgan BYD kompaniyais Manchester City futbol klubining rasmiy avtomobilhamkori sifatida shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Mazkur strategik hamkorlik global texnologik kompaniya va afsonaviy futbol brendi o‘rtasidagi muhim hamkorliklardan biri hisoblanadi. Hamkorlikning keng qamrovli yondashuvi BYD’ning innovatsion salohiyati hamda tomonlarning barqaror kelajak sari umumiy qarashlarini aks ettiradi.
Kelishuv doirasida BYD va DENZA avtomobillari hamda boshqa transport vositalari Manchester City klubiga yetkazib beriladi. Shuningdek, BYD City Football Academy hududida — klubning erkaklar, ayollar va akademiya jamoalari shug‘ullanadigan zamonaviy mashg‘ulot markazida — elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va energiya saqlash tizimlarini joriy etadi.

Bugundan boshlab BYD belgisi erkaklar asosiy jamoasining mashg‘ulot formasida namoyon bo‘ladi, kelgusi mavsumdan boshlab esa ayollar asosiy jamoasi formasida ham joylashtiriladi. Bundan tashqari, brend Etihad Stadium hududida ham aks etadi. Kompaniyaning avtomobillaridan biri Manchester City erkaklar jamoasining rasmiy avtobusini Angliya chempionati va mahalliy kubok o‘yinlari vaqtida stadionga kuzatib boradi.
Ushbu hamkorlik BYD’ning xalqaro futbol maydonidagi ishtirokini kengaytirish hamda o‘z brendi, avtomobillari va texnologik mahsulotlari tan olinishi darajasini oshirish strategiyasining navbatdagi bosqichidir. Avvalroq BYD UEFA EURO 2024 hamda UEFA European Under-21 Championship 2025 musobaqalarining rasmiy homiysi bo‘lgan.

Ijrochi vitse-prezidenti Stella Li shunday ta’kidladi: “Manchester City mukammallik, innovatsiya va chegaralardan oshib o‘tish jasoratini ifodalaydi — bu qadriyatlar BYD DNK’sining ajralmas qismidir. Ushbu hamkorlik futbol yoki transport sohasi bilan cheklanmaydi. Biz odamlarni butun dunyo bo‘ylab ilhomlantiradigan, bog‘laydigan va yanada barqaror kelajak sari yetaklaydigan texnologiyalarni rivojlantirmoqdamiz. Innovatsiya va ishtiyoq uchrashganda, ta’sir haqiqatan ham global bo‘ladi.”

City Football Group bosh direktori Ferran Soriano esa shunday ta’kidladi: “BYD o‘z sohasida global yetakchi hisoblanadi. Texnologiya va innovatsiyalar orqali mukammallikka erishayotgan hamda dunyoni yaxshiroq qilish maqsadida faoliyat yuritayotgan kompaniya. Bu qadriyatlar Manchester City bilan hamohangdir.
Shuningdek, klub tarkibida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Xusanov bilan faxrlanamiz. U 2024-yilda jamoaga qo‘shilgan bo‘lib, 2025-yil yanvar oyida “oyning eng yaxshi futbolchisi” deb e’tirof etilgan.