Chazor gibrid avtomobillarini tantanali topshirish marosimi BYD YUNUSOBOD flagman rasmiy dilerlik markazida bo‘lib o‘tdi. Ramziy maʼnoda, aynan bizning mamlakatimizdagi Chazor debyut avtomobili 3000-chi avtomobil bo‘ldi, holbuki brendning respublikadagi rasmiy savdosi tarixi 2023-yil 2-aprelda mazkur dinamik gibrid sedanlarning topshirilishidan boshlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda BYD taqdimoti 2023-yil 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan edi, ushbu ahamiyatli kundan buyon o‘tgan 5 oy ichida 4 S tizimi bo‘yicha faoliyat yurituvchi uchta rasmiy dilerlik markazlari ochildi:
Toshkent markazida esa 1S tizimida ishlaydigan bitta City store xizmat ko‘rsatadi.
Brendning rasmiy kafolatli siyosati, servisning yuqori darajasi va mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi dunyo standartlari jahon avtobozorida yetakchi o‘rinlarga intilayotgan mashhur Xitoy avtobrendi BYD’ning rasmiy dilerlik markazlariga tobora ko‘proq xaridorlarni jalb qilib kelmoqda.

Brendning rasmiy kafolat siyosati, xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning jahon standartlari jahon avtomobil bozorida yetakchilik pozitsiyalariga ishonch bilan intilayotgan mashhur BYD Xitoy avtomobil brendining rasmiy dilerlik markazlariga tobora ko‘proq xaridorlarni jalb qilmoqda.
BYD — kelajagi buyuk, nafsoniyatli va salohiyatli kompaniya. Avgust oyida 5 000 000-NEW ENERGY avtomobili BYD konveyeridan chiqarildi, bu brendning ilk avtomobiliga nisbatan ishlab chiqarish bo‘yicha tarixiy rekordidir. Innovatsionlik, uslub, xavfsizlik, qulaylik, sifat – muvaffaqiyat keltiradigan uyg‘un hamkorlikdir, – deydi rasmiy dilerlik tarmog‘i direktori Ziyoviddin Parpiyev – Ta’kidlash muhimki, BYD rasmiy dilerlik markazlarida taqdim etilgan avtomobillar ingliz va rus tillaridagi interfeys bilan jihozlangan, yaqin kunlarda o‘zbek tilida ham yangilanish kutilmoqda, bu esa umuman bizning mamlakatimizga va, xususan, har bir iste’molchiga bo‘lgan hurmatdan dalolat beradi.

Rasmiy dilerlik markazlarida taqdim etilgan barcha modellar qatoriga brendning sanoat standartlariga muvofiq, ya’ni Chazor va SONG PLUS DM-i gibrid avtomobillari uchun 120 000 km yoki 4 yil, HAN elektromobili uchun 100 000 km yoki 5 yil kafolat taqdim etiladi.
BYD Chazor gibrid sedani.
Avtomobil 5 yilgacha muddatga kreditga xarid qilish mumkin.

1000 km gacha kombinatsiyalangan yurish zaxirasiga ega bo‘lgan BYD SONG PLUS DM-i gibrid krossoveri maksimal darajadagi qulaylik bilan uzoq sayohatlarga chiqish imkoniyatini hadya etadi.
Panoramali lyuk standart to‘plamga kiritilgan. Jami bo‘lib tanlov uchun 3 ta komplektatsiya va uch xil rang yechimi taklif etiladi.
Avtomobil 5 yilgacha muddatga kreditga olish mumkin.

BYD HAN. Bitta yonilg‘i to‘ldirish bilan 715 km gacha masofani bosib o‘tadigan va tezlikni 3,9 soniya ichida 100 km/soatgacha oshiradigan premium EV sedani ikkita komplektatsiyada va to‘rtta rang yechimida taqdim etilgan. Nihoyatda nafosat bilan bajarilgan interyer salonning benuqson bashangligini namoyon qiladi va haydovchiga boshqaruvni osonlashtiradigan hamda uni qulay va xavfsiz qiladigan innovatsion imkoniyatlarning keng doirasini taklif etadi.
BYD HAN premium elektromobilini 5 yilga qadar kreditga xarid qilish imkoniyati mavjud.
Avtomobilni mobil energiya manbaiga aylantiruvchi innovatsion Vehicle-to-Load (V2L) texnologiyasi taqdim etilgan qatorning barcha modellariga kiritilgan va siz to‘liq darajada “energiya” erkinligiga baho berishingiz mumkin.

BYD rasmiy dilerlik markazlari sinov maydonchalariga ega.